Boymirza Hayit
Boymirza Hayit Mahmudmirza oʻgʻli (1917-yil 17-dekabr, Jarqoʻrgʻon qishlogʻi, Namangan uyezdi, Fargʻona viloyati, Turkiston muxtoriyati, Rossiya imperiyasi — 2006-yil 31-oktabr, Köln, Germaniya) — Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erta hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boymirza Hayit 1917-yil 17-dekabrda Namangan uyezdining Jarqoʻrgʻon qishlogʻidagi oʻzbek oilasida tugʻilgan. Boymirza onasi Robiya Hayit va otasi Mirza Mahmudmirza oʻgʻli tomonidan tarbiyalangan toʻqqizta farzanddan bittasi edi. Oʻsmirligidayoq Boymirza adabiyot va sanʼatga qiziqqan. 30-chi yillardagi qiyinchiliklarga qaramasdan 1939-yilda Toshkent Davlat Universitetining tarix fakultetini tugatgan.
Harbiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsha yiliyoq qizil armiyaga chaqirilgan va 1939-yilning dekabr oyida Namanganni tark etib, tank komandiri unvonida qizil qoʻshinlarning Polsha yurishida qatnashgan. Keyinchalik leytenant darajasiga koʻtarilgan. 1941-yili, Germaniya Sovet Ittifoqiga hujum qilganidan 10 kun oʻtgach, Belarus hududida nemislarga asirlikka tushgan. Hayitning iddaosiga koʻra, uni asirlar lageridan Mustafo Choʻqayning oʻzi olib ketgan. Keyinchalik Boymirza Hayit Turkiston legionida zobit boʻlib xizmat qilgan.
Urushdan keyingi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urush tugashidan keyin u Gʻarbiy Germaniyada qolgan va Myunster Universitetini bitirib, shu universitetda tarix, sharqshunoslik va islomshunoslikdan dars bergan. Bundan boshlab, u oʻzining vatani — Turkistonnig tarixi va adabiyoti boʻyicha chuqur ilmiy izlanishlar boshlagan.1950-yili Turkiston Muxtoriyati va Alash Oʻrda mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilib, falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga erishgan. Oʻsha yiliyoq u Kyoln shahridan boʻlgan Rut ismli yosh shifokorga uylangan. Ular ikkita oʻgʻil — Ertay va Mirzo hamda bitta qiz — Dilbar koʻrgan. 1950-yildan umrining oxirigacha Boymirza Hayit nemis, ingliz va turk tillarida oʻnlab maqolalar va Turkiston tarixiga oid 15 kitob yozgan. Hayit dunyoning bir nechta universitetida dars bergan. U London universitetida assistent, Harvard, Anqaradagi Hajettepe, Istanbul universiteti va Istanbuldagi Marmara universitetlarida maʼruzachi boʻlib ishlagan. Hayit Sovet Ittifoqi va Xitoy tomonidan bosib olingan Oʻrta Osiyo qismining mustaqilligi va birligi tarafdori edi. U Turkiston tarixini keng miqiyosda yoritgan kamdan kam tarixchilardan biridir. 2004-yilda Istanbul Texnika Universiteti oldidagi xizmatlari uchun unga faxriy doktor unvoni berilgan.
2006-yil 31-oktabrda Kyoln shahrida, 88 yoshda olamdan oʻtgan.
Ayrim chop etilgan ishlarining roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Die Nationalen Regierungen von Kokand und der Alasch Orda.“ Ph.D. thesis for University of Münster, Munich, 1950 („Qoʻqon va Alash Oʻrdadagi milliy hukumatlar“)
- „Sowjetrußische Orientpolitik am Beispiel Turkestan.“ Köln-Berlin: Kiepenhauer & Witsch, 1956
- „Turkestan im XX Jahrhundert.“ Darmstadt: Leske, 1956 („Turkiston XX asrda“)
- „Documents: Soviet Russiaʼs Anti-Islam-Policy in Turkestan.“ Düsseldorf: Gerhard von Mende, 2 vols, 1958
- „Turkestan Zwischen Russland Und China.“ Amsterdam: Philo Press, 1971 („Turkiston Rossiya va Xitoy oʻrtasida“)
- „Turkestan. Im Herzen Euroasiens“. Studienverlag, 1980. ISBN 3-922145-50-7 („Turkiston Yevroosiyo markazida“)
- „Some thoughts on the problem of Turkestan“, Institute of Turkestan Research, 1984
- „Islam and Turkestan Under Russian Rule.“ Istanbul: Can Matbaa, 1987
- „Berichte und Forschungen über Turkestan.“ Köln. 1997 („Turkiston haqidagi izlanishlar hisoboti“)
- „Yeni Çag Türkistan tarihi kaynaklar.“ Turan Kültür Vakf, 2000 ISBN 975-7893-28-5
- „Basmatschi: Nationaler Kampf Turkestans in den Jahren 1917 bis 1934.“ Köln: Dreisam-Verlag, 1993. {{ISBN|3-89452-373-5}}; ISBN 3-89607-080-0. („Bosmachilar: 1917-1934 yillarda milliy ozodlik kurashi“)
- „Turkestan im XX Jahrhundert.“ Darmstadt: Leske, 1956 („Turkiston XX asrda“)
Maqolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „The Communist Party in Turkestan“ London: Central Asian Review, 1957.
- „Turkestan as an Example of Soviet Colonialism“ Studies on the Soviet Union. pp. 78-95 1961
- „Sowjetrußische Kolonialismus und Imperialismus in Turkestan.“ Oosterhout. 1962
- „Turkistanda Emir haqqinda yeni fikir carayanlari.“ Milli Turkistan. No. 126. 1969.
- „Der Islam und die anti-islamische Bewegung in der Sowjetunion.“ Osteuropa 22(2). 114-118. 1972 („Sovet Ittifoqida Islomning antiislomizmi“)
- „Turkistan: A case for national independence.“ Journal of Muslim Minority Affairs. 1. pp. 38-50. 1979.
- „Turkestan im Herzen Euroasiens.“ Studienverlag (1), 1980.
- „Western Turkestan: The Russian dilemma.“ Journal of Muslim Minority Affairs. 6 (I) pp. 137-51. 1985
- „Turkestan als historischer Faktor und politische Idee.“ Studienverlag 17 1988
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jacob M. Landau. Pan-Turkism: from irredentism to cooperation. London:C Hurst & Co (Publishers) Ltd, 1995.p 121. ISBN 1-85065-223-6
- [1] (Wayback Machine saytida 2006-12-10 sanasida arxivlangan)
- [2] (Wayback Machine saytida 2007-09-28 sanasida arxivlangan)
- [3]
- Abdullayev K. N., 2009, 501 (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)-b.